Bu bayonot 15 avgust kuni AQŞda Vladimir Putin bilan uçraşib, Ukrainadagi uruşni yakunlaş istiqbollarini muhokama qilişni rejalaştirayotgan AQŞ prezidenti Donald Trampga javob sifatida yangradi. Bir kun oldin Tramp buning uçun Moskva va Kiyev «hududlar almaşinuvi»ni amalga oşirişi kerakligini aytgandi.
Yevropa davlatlari yetakçilari va Yevrokomissiya rahbari 15 avgust kuni Alyaskada bölib ötadigan AQŞ va Rossiya prezidentlari uçraşuvi arafasida Ukrainaning Yevropadagi ittifoqçilarining umumiy pozitsiyasini e’lon qilib, qöşma bayonot berdi.
Kommyunike şanba kuni keçqurun, Donald Tramp Ukraina bilan uruşni tugatiş istiqbollarini muhokama qiliş uçun Vladimir Putin bilan uçraşuv joyi va sanasini e’lon qilganidan bir kun ötib e’lon qilindi. Trampning versiyasiga köra, sulh tuzilişi uçun, xususan, Moskva va Kiyev örtasida «hududlar almaşinuvi» talab etiladi.
Tramp öşanda nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmagan, biroq Wall Street Journal naşrining Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoffning 6 avgust kuni Moskvada Putin bilan muzokaralari natijalaridan xabardor bölgan manbalari jurnalistlarga Putin göyoki Ukraina Donetsk va Luhansk oblastlaridan voz keçişi evaziga sulh tuzişga tayyorligini aytişgan.
Şanba kuni ittifoqçilar bir-birlari va Kiyev bilan umumiy pozitsiyani muhokama qilişdi. Zelenskiy Yevropa davlatlari rahbarlari bilan bir neça bor telefon orqali muloqot qilganini ma’lum qildi. Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak va Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov Buyuk Britaniyaga uçib bordi, u yerda taşqi işlar vaziri Devid Lemmining şahar taşqarisidagi qarorgohida AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens hamda Yevropa davlatlari rahbarlarining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilari bilan uçraşuv ötkazildi.
Yevropadagilar prezident Trampning Rossiyaning Ukrainadagi agressiv uruşini töxtatiş va adolatli tinçlikka erişiş borasidagi sa’y-harakatlarini olqişlaydi, deyiladi Fransiya, Finlandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Polşa yetakçilari hamda Yevrokomissiya rahbarining qöşma bayonotida.
«Biz bu işni diplomatik sa’y-harakatlar bilan qöllab-quvvatlaşga, şuningdek, Ukrainaga, jumladan, „Köngillilar koalitsiyasi“ orqali muhim harbiy va moliyaviy yordamimizni davom ettirişga tayyormiz», – deyiladi bayonotda.
Ammo «muhim muzokaralar faqat öt oçişni töxtatiş yoki harbiy harakatlarni qisqartiriş şaroitida ötkazilişi mumkin», «tinçlik sari yöl Ukrainaning iştirokisiz belgilanmaydi», «xalqaro miqyosda tan olingan çegaralarni kuç bilan özgartiriş mumkin emas», deya ilgari e’lon qilingan pozitsiyani bir neça bor takrorlagan kommyunike mualliflari.













