Birlaşgan Qirollik hukumati Isroil Ğazo sektorini töliq bosib olişga uringan taqdirda unga qarşi qöllaniladigan yangi sanksiyalarni işlab çiqmoqda, deb xabar berdi The Sunday Times naşri.
Gazetaning ma’lumot berişiça, Britaniyaning qator vazirliklariga Isroilning bunday xatti-harakatiga nisbatan "asosli" çeklovlar öylab topiş topşiriği berilgan. Xususan, mudofaa vazirligi isroillik harbiylarning Buyuk Britaniya hududidagi öquv maşğulotlarida iştirok etişini taqiqlaş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Qayd etilişiça, şu bilan birga Britaniya taşqi işlar vazirligi Binyamin Netanyaxu hukumatiga Ğazoni istilo qiliş mumkin emasligini körsatib qöyuvçi "turli ehtimoliy sanksiyalarni tahlil qilmoqda".
Iyun oyida London Isroil moliya vaziri Betsalel Smotriç va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga qarşi sanksiyalar joriy etgandi. Bundan taşqari, Buyuk Britaniya Isroil bilan erkin savdo töğrisida bitim tuziş böyiça muzokaralarni muzlatib qöygandi.
Avvalroq Isroil harbiy-siyosiy mahkamasi Netanyaxuning Ğazo şahrini töliq nazoratga olig rejasini ma’qullagandi.










