Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga Ukrainada öt oçişni töxtatiş şartlari qatorida Kiyevdan Donbassni Rossiyaga topşirişni talab qilgan, deb xabar berdi 8 avgust kuni The Wall Street Journal gazetasi Yevropa va Ukraina rasmiylariga tayanib.

Manbalarga köra, Putin agar Ukraina Donetsk oblastidan qöşinlarini olib çiqsa, öt oçişni töliq töxtatişga rozi bölişini, şundan söng front çiziği muzlatilişini aytgan. Keyin Putin Tramp bilan yakuniy tinçlik rejasini kelişib olmoqçi, bu reja keyinroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muhokama qilinadi, degan rasmiylar.

Bu holda, deb yozadi WSJ, Rossiya Donetsk va Luhansk oblastlarini, şuningdek, 2014 yilda anneksiya qilingan Qrim yarimorolini öz nazoratida qoldiradi. Putinning talabiga köra, Rossiya harbiy harakatlarni töxtatişdan taşqari heç qanday majburiyatlarni öz zimmasiga olmaydi, deya ta’kidlagan naşr suhbatdoşlari.

Axios manbalari ham agar Ukraina hozirda asosan rus qöşinlari tomonidan egallab turilgan Luhansk va Donetsk oblastlarini, şuningdek, Qrimni topşiradigan bölsa, Putin harbiy harakatlarni yakunlaşga roziligini xabar qilgan.

Putin Xerson va Zaporijjya oblastlarida (bu hududlarning katta qismi 2022 yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilgan) front çiziğini muzlatişga çaqirdi, dedi ismi oşkor etilmagan amerikalik mulozim. Şundan keyin Rossiya Ukraina bilan hududlarni almaşiş böyiça muzokaralar olib borib, yuqorida tilga olingan ikki regionni töliq nazoratga olmoqçi. Ukraina buning evaziga qanday hududga ega bölişi noma’lum. WSJ matnidan Rossiya qöşinlari Sumi va Xarkiv oblastlaridagi pozitsiyalarini tark etişi aniq emas.

Putin öz şartlarini 6 avgust kuni Moskvadagi muzokaralar çoğida AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffga yetkazgan. Uitkoff va Tramp Yevropadagi ittifoqçilar hamda Ukrainaga Rossiyaning talablari haqida sönggi kunlardagi bir neça telefon suhbatlarida ma’lum qilişgan.

Yevropa va Ukraina rasmiylari Putin bu taklifdan AQŞ tomonidan qöllanişi mumkin bölgan yangi sanksiyalar va bojlardan qoçiş hamda uruşni davom ettiriş uçun hiyla sifatida foydalanayotganidan xavotirda.

The Economist ma’lumotiga köra, Putin havoda va suvda öt oçişni töxtatişni taklif qilgan. Bundan taşqari, naşr manbalariga köra, «kelişuvlarning kengroq töplami ustida iş olib borilmoqda, ular mojaroni muzlatiş oxir-oqibat qanday körinişda bölişi mumkinligiga aniqlik kiritişi kerak».

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 9 avgust kuni ertalab qilgan videomurojaatida ukrainlar «öz yerlarini bosqinçiga bermoqçi emasligi»ni aytdi. U Ukraina hududiy masalasiga javob mamlakat Konstitutsiyasida yozilgan bölib, u prezidentga hududiy özgarişlarga ruxsat berişni taqiqlaşini ta’kidlagan.