Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 10 avgust, yakşanba. Odatdagidek, haftaning muhim voqealarini siz bilan birga eslaymiz. Bugungi haftalik dayjestni asosan Ukrainadagi uruşni tugatişga qaratilgan muzokaralarga bağişlaymiz. Çunki hafta davomida bu borada yaxşigina oldinga siljiş kuzatildi.

Tramp va Putin körişadi

Haftaning eng muhim voqeasi Tramp va Putin uçraşuv böyiça kelişib olgani böldi. Bu ikki prezidentning Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyingi ilk uçraşuvi böladi. Tramp Oq uyga qaytganidan keyin Putin bilan olti marta telefonda gaplaşdi, lekin körişgani yöq.

Uçraşuv joyi sifatida ikki davlat çegarasidagi, Amerika bir vaqtlar ruslardan sotib olgan Alyaska ştati tanlandi. Ya’ni Putin Amerikaga boradi. Rossiya prezidenti oxirgi marta AQŞga 2015 yil borgandi. Öşanda BMT Boş assambleyasida nutq sözlagan Putin mezbon Barak Obama bilan körişadi.

Oxirgi uçraşuvdan ön yil ötdi. Bu vaqt içida «Putinning keyingi taşrifi Alyaska mavzusida böladi» degan hazil gaplar ham tarqaldi. Buni qarangki, çindan Putinning ön yil içidagi ilk taşrifi aynan Alyaskaga amalga oşiriladi.

AQŞdagi uçraşuvda Tramp va Putindan taşqari Zelenskiy ham qatnaşişi mumkin. Amerika naşrlari bu haqda turli xabarlar tarqatdi, lekin aniğini 15 avgust kuni bilib olamiz. Katta ehtimol, bu uçraşuvda uruşni muzlatiş masalasi muhokama qilinadi, çunki ikki tomon ham çekinadiganga öxşamaydi.

«Biz yerimizni bermaymiz»

Tramp Putin bilan Alyaskada uçraşişi haqida 9 avgustga ötar keçasi xabar qildi. Zelenskiy esa mamlakat bir qariç yerini ham Rossiyaga topşirişga rozi bölmasligini aytdi.

«Ukraina öziga tegişli bölgan yerlarni himoya qilmoqda. Rossiya tomonda bölganlar ham u zulm qilayotganini biladi. Ukrain xalqi tinçlikka munosib. Rossiya uruşni boşladi, Rossiya uni tugatişi kerak. Hududiy masala böyiça savolga javob Ukraina konstitutsiyasida bor. Ukraina öz yerini bosqinçilarga bermaydi», dedi Zelenskiy.

Köp ötmay Amerika naşrlarida Zelenskiyning bu çiqişi Trampning jahlini çiqarişi mumkinligi haqidagi xabarlar çiqdi. Aftidan, amerikaliklar Kiyevni muzokaralar tafsilotidan boxabar qilgan va unda Ukraina öz yerlarini berişi kerakligi qayd etilgan körinadi. Zelenskiyning jahl bilan qilgan bayonotini boşqaça izohlab bölmaydi.