Eron oliy rahbarining xalqaro işlar böyiça maslahatçisi Ali Akbar Viloyatiy islom respublikasi yölak yaratilişiga yöl qöymasligini aytdi. Uning sözlariga köra, bunday yölak AQŞ prezidentiga tegişli yöl emas, balki «Donald Tramp yollanma askarlari qabristoni»ga aylanadi.

Viloyatiy Eron har doim Zangezur yölagini yaratişga qarşi bölgani, çunki bu Eron çegaralarini qayta körib çiqişga va Armanistonning parçalanişiga olib kelişi, şuningdek, Janubiy Kavkaz xavfsizligini xavf ostiga qöyişini ta’kidlagan. U bunday yölak yaratilişini Eron va qöşni davlatlarga qarşi siyosiy fitna deb baholagan.

«Natijada Eron Rossiya bilan birga yoki Rossiyasiz Janubiy Kavkaz xavfsizligi manfaatlariga muvofiq harakat qilişini ta’kidlamoqda. Bizning fikrimizça, Rossiya ham bu koridorga strategik jihatdan qarşi», – deya Viloyatiyning sözlarini keltirgan Tasnim agentligi. Uning qayd etişiça, Eron «öz manfaatlarini qat’iy himoya qiliş huquqiga ega».

Eron oliy rahbari maslahatçisi qöşimça qilişiça, Ozarboyjonga Naxiçivon avtonom respublikasiga boriş uçun alohida yölak kerak emas, çunki bunday aloqa uçun Eron hududidan foydalanişi mumkin.

Armaniston va Ozarboyjon 8 avgust kuni AQŞ vositaçiligida harbiy harakatlardan voz keçiş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi. Deklaratsiyaga Ozarboyjon va Naxiçivon eksklavi örtasida transport yölagi yaratilişi ham közda tutilgan.