Qirğiziston va Özbekiston 600 mln kub suvni Qozoğistonga yönaltiriladi. Bu haqda Qozoğiston boş vaziri örinbosari Qanat Bozumbayev ma’lum qildi.
Jurnalistlarning mamlakatlar örtasida suv tanqisligini qoplaş böyiça kelişuvlar töğrisidagi savoliga javob berar ekan, u 2025 yil Markaziy Osiyoda suv tanqis bölgan yil ekanini ta’kidladi. Jumladan, Turkiston va Qizilörda viloyatlarini suv bilan ta’minlovçi Sirdaryoning asosiy özani oqimi 30-40 foiz darajasida.
Anomal yuqori harorat tufayli dehqonçilik ehtiyojlari uçun suv sarfi me’yori oşgani, ammo suv hajmi sezilarli darajada past bölgani qayd etildi.
Bozumbayevning aniqlik kiritişiça, boş vazir Öljas Bektenov Oltoyga Xalqaro ekologik konferensiyaga safari çoğida qirğizistonlik va özbekistonlik hamkasblari bilan suv tanqisligini qoplaş böyiça kelişuvlar masalasini muhokama qilgan. Söngra barça zarur maslahatlaşuvlar ötkazilgan.
«Ötgan haftada ular bizga suv yetkazib beriş jadvalidan bir milliard kub metrdan köproq ortda qolişdi. Kelgusi ikki haftada, ya’ni şu kundan boşlab, 600 million kub metrga yaqin suvni biz tomonga yönaltirişga kelişib oldik. Bizda vegetatsiya davri avgust oyida tugaydi. Öylaymizki, keskin vaziyatga qaramay, umuman olganda, undan talafotsiz ötişga harakat qilamiz. Şaxsan özim Turkiston viloyatini aylanib çiqdim, köplab tumanlarda, suv omborlarida böldim, fermerlar bilan uçraşdim. Suğoriş suvidan foydalanadigan deyarli barça tumanlarni aylanib çiqdim, Qizilörda viloyatini ham aylanib çiqdim. Vaziyat keskin, ammo bundan ham yomonroq yillar bölgan», dedi Bozumbayev.
Uning ta’kidlaşiça, suv bilan ta’minlaş nuqtai nazaridan hosil yaxşi böladi. Vaziyat kundalik nazoratga olingan va körilgan tezkor çoralar uni sezilarli darajada barqarorlaştirdi, deb ta’kidladi boş vazir örinbosari.











