Bugun özbek futboli tarixidagi eng mudhiş sana. 1979 yilda «Paxtakor» Minsk yölida aviahalokatga uçragandi. Qirq olti yil ötgan bölsa-da, bir futbol muxlisi uçun unutiş ilojsiz bölgan voqea, haligiça bu fojiaga guvoh bölgan kişilar öşa dardni qayta-qayta his qilişi şubhasiz.

Işonmasangiz, bugun bir aylanib Botkin qabristoniga boring – bugungi davr uçun biroz begona bölgan manzaraga guvoh bölasiz. Bir-birini tanimaydigan insonlar bir maqsad uçun taşrif buyurişadi, umumiy tanişlari, aniqroği, suyuklilarini xotirlaşadi, bir-birlariga hamdard bölişadi. Riyo yöq, rasmga olib, internetga qöyiş-ku xayollariga ham kelmaydi, çunki tasavvurda ular ança eski davrga köçib bölişgan, öşa «Paxtakor» yigitlarini birma-bir köz oldidan ötkazayotgan bölişadi.

Qarangki, bu halokatdan 46 yil ötgan bölsa, öşa reysda uçganlarning eng yoşi kattasi ham şu yoşda bölgan ekan. Qaysidir ma’noda bir avlod davri ötibdi allaqaçon.

***

Sergey Pokatilov 1975 yilda oğir jarohat oladi. Ammo uning irodasi va qat’iyligi ortga çekinişga yöl qöymaydi hamda oradan uç yil ötib, 1978 yilgi çempionatning ikkinçi davrasida asosiy tarkibdagi örnini qaytarib oladi. 28 yoşda edi.

Toşkentga kelişidan oldin şifokorlar Yuriy Zagumennixning hayotini bazör saqlab qolişgandi. Ammo bu hayot nogironlik tamğasi ostida ötişi kerakligi qat’iy talab qilinadi. Futbolçining aql bovar qilmas irodasi natijasida u katta futbolga qaytadi. 32 yoşda bölgan.

Vladimir Makarov futbol öynaşni Duşanbeda boşlagan, «Paxtakor»ga har jihatdan mos kelgandi, u jamoaviy futbolçi edi va bu jamoadoşlari bilan tezda til topişida va jamoaning ajralmas bölagi bölib qolişida muhim ahamiyat kasb etgandi. U ham 32 yoş.

Olim Aşirov fojia kuni 24 yoş bölgan, u «Paxtakor»ga 17 yoşida kelgandi va himoya markazidan joy olgandi. Ampluasiga qaramay, u hujumga ham tez-tez qöşilar, bir neça muhim gollar muallifiga aylangandi.

Nikolay Kulikov futboldagi ilk qadamlarini Moskvada qöygan, 1974 yilda esa Özbekistonga kelib, «Xonqa», «Yangiyer» kabi jamoalarda özini körsatgan. 1977 yilda «Paxtakor»ga taklif qilinadi va jamoaning oliy ligaga qaytişida hissa qöşadi.