Özbekiston va Tojikiston çegarasida 10 avgustdan ikkita yangi ötkaziş punkti oçildi – Toşkent viloyatida «Bekobod Avto» va Sirdaryo viloyatida «Xovosobod». Bu haqda Özbekiston Bojxona qömitasi xabar berdi.
Punktlar uçinçi davlat fuqarolari va transport vositalarini ötkaziş xizmatini körsata boşladi. Qayd etilişiça, nazorat-ötkaziş punktlari orqali ötiş doimiy ravişda amalga oşiriladi.
«2025 yil 10 avgust kuni soat 6:00 dan boşlab ötkaziş punktlari orqali uçinçi davlat fuqarolari va transport vositalarining ötişiga ruxsat berildi», deyiladi xabarda.
«Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlari töğrisida»gi hukumatlararo bitimga köra, Özbekiston va Tojikiston çegarasida jami 17 ta ötkaziş punkti faoliyat körsatmoqda. Ularning aksariyati xalqaro maqomga ega bölib, keça-yu kunduz işlaydi.











