Amerikalik respublikaçi senator Lindsi Grem Ukrainada tinçlik masalasini hal qiliş uçun Rossiya nefti iste’molçilariga nisbatan ikkilamçi sanksiyalar bilan tahdid qilişni davom ettiriş kerak, deb hisoblaydi.
Uning sözlariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin öz hamkorlari sanksiyalar ostiga tuşayotganiga «rozi bölmaydi».
«U sanksiyalarga tupurgan. U sanksiyalarni çetlab ötmoqda... U rozi bölolmaydigan yagona narsa şuki, biz uning mijozlarini ta’qib qilamiz», dedi Grem NBC News efirida. Interfax uning sözlaridan iqtibos keltirdi.
Gremning ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlarning maqsadi – Rossiya mijozlari - Hindiston, Xitoy va Braziliyani yakson qilişdan iborat.
Uning sözlariga köra, Rossiya neftini sotib olişni davom ettiradigan va «uning harbiy maşinasini qöllab-quvvatlaydigan» mamlakatlarga Amerika iqtisodiyotiga kiriş taqiqlanadi.
«Bu yangi strategiya. Tramp agar biz hammasini yaxşilik bilan yakunlay olmasak, Putinning mijozlarini ta’qib qilişga butunlay rozi», dedi u AQŞ va Rossiya prezidentlarining 15 avgust kuni bölib ötadigan uçraşuvini nazarda tutib.











