Dam oliş kunlarida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Turkiyada zilzila
10 avgust kuni Turkiya şimoli-ğarbidagi Balikesir viloyatining Sindirgi tumanida 6,1 magnitudali yer silkinişi qayd etildi. Zilzila öçoği Istanbuldan 400 kilometr masofada, 11 kilometr çuqurlikda joylaşgan.
Yer qimirlaşi atrofdagi boşqa şaharlar, xususan, Istanbulda ham sezilgan.
30 soniyaga yaqin davom etgan zilzila vaqtida odamlar töğri kelgan joyga yaşiringan, tarqalgan videolardan birida xonada işlab ötirgan qiz stol ostiga kirib olgani aks etgan, keyin stol ustiga şkaf qulab tuşgan.
Boşqa videolarda esa köplab odamlar köçalarga çiqib olganini köriş mumkin.
Milliyet xabariga köra, zilziladan keyin örtaça 3,0 magnitudali yetti afterşok kuzatilgan.
Balikesir şahrida önlab binolar şikastlangan, xarobalar ostidan kamida beş kişi çiqarib olingan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan jabrlanganlarga hamdardligini bildirgan va ilk daqiqalardanoq voqea joyida favqulodda xizmatlar xodimlari iş olib borayotganini ma’lum qilgan.
Tel-Avivda namoyiş
10 avgustga ötar keçasi minglab namoyişçilar Isroil poytaxti Tel-Aviv köçalariga çiqib, boş vazir Binyamin Netanyahuning Ğazodagi uruşni kuçaytiriş rejasiga qarşi çiqdi va kampaniyani zudlik bilan töxtatiş hamda garovga olinganlarni ozod qilişni talab qildi.
Undan bir kun avval Isroil harbiy-siyosiy kabineti, aholining keng qarşiligi va harbiylarning bu harakat garovga olinganlarni xavf ostiga qöyişi mumkinligi haqidagi ogohlantirişlariga qaramay, Netanyahuning Hamasni mağlub etiş uçun Ğazo şahrini töliq egallaş rejasini ma’qullagandi.
Namoyişçilar Isroil bayroqlarini hilpiratib, garovga olinganlar tasviri tuşirilgan plakatlarni kötarib çiqdi. Ayrim namoyişçilarning qöllarida harbiylar tomonidan öldirilgan ğazolik bolalarning suratlarini ham köriş mumkin.
Jamoatçilik fikri sörovlari körsatişiça, isroilliklarning aksariyati Ğazoda garovga olingan qolgan 50 kişini ozod qiliş uçun uruşni zudlik bilan töxtatiş tarafdori, deb ta’kidlaydi Reuters. Isroil rasmiylari garovdagilarning faqat 20 ga yaqini tirik qolgan deb hisoblaydi.










