15 avgust, juma kuni Alyaskada AQŞ prezidenti Donald Tramp RF prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşadi. Ular Rossiya-Ukraina uruşini yakunlaş töğrisida gaplaşadi. Quyida ularning muzokaralardagi dastlabki pozitsiyalari, şuningdek, Ukraina va Yevropa davlatlari nimani talab qilayotgani haqida.
Putin nima talab qilmoqda?
Ğarbdagi naşrlarga sizdirilayotgan ma’lumotlarga köra, Rossiya prezidenti quyidagi talablarni ilgari surmoqda.
- Ukraina Donetsk oblastidan qöşinlarini olib çiqib ketadi;
- Şundan söng, Ukrainaning qolgan hududlarida front çiziği hozirgi holatida muzlatiladi;
- Keyin Putin va Tramp yakuniy tinçlik rejasini kelişib oladi;
- Oxirgi bosqiçda reja Zelenskiy bilan muhokama qilinadi.
Şu tariqa, Putin butun Donetsk oblasti evaziga öt oçişni töliq töxtatişdan boşqa heç qanday majburiyat olmoqçi emas.
Financial Times’ning yozişiça, Putinning Tramp bilan Vladimir Zelenskiy iştirokisiz uçraşuvining özini Kremlning diplomatik ğalabasi deb hisoblaş mumkin. Naşr bilan suhbatlaşgan tahlilçilar fikriça, Putin uçun eng muhimi – Tramp bilan şaxsiy muloqotni davom ettiriş. Rossiya prezidenti uning e’tiborini uşlab turişi va sanksiyalar kuçaytirilgan taqdirda Rossiyaga iqtisodiy jihatdan qimmatga tuşişi mumkin bölgan noroziligiga yöl qöymasligi muhim.
Ötgan hafta u bunga muvaffaq böldi – Trampning ultimatumi muddati tugaşidan oldin Putin uning elçisi Stiven Uitkoff bilan muzokaralar ötkazdi va «yangi muammolar örniga AQŞ prezidenti bilan uçraşiş uçun Amerikaga 2007 yildan beri birinçi taklifni oldi», deb ta’kidlaydi FT.
Moskva tomoni Putin muzokaralarga qanday şartlar bilan borişi haqida rasman heç qanday izoh bermagan. Rossiya prezidenti bir neça kun oldin jurnalistlar bilan muloqot çoğida öz talablari özgarişsiz qolişini takrorlagandi. Ular orasida Rossiyaning Ukrainaning beşta regioni ustidan suverenitetini xalqaro miqyosda tan oliş (bular ma’muriy çegaralaridagi Qrim, Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xerson oblastlari), şuningdek, Ukrainaning NATOga qöşilişdan voz keçişi masalalari bor.
Trampga nima kerak?
AQŞ prezidentining asosiy maqsadi – özining saylovoldi va’dalarini bajariş uçun har qanday yöl bilan öt oçişni töxtatişga erişişdir va u Putin bilan şaxsiy uçraşuv bunga yordam beradi, deb hisoblaydi.












