Fransiya şimolidagi Gravlin atom elektr stansiyasi faoliyati sovitiş tizimlarida meduzalar töplanib qolgani sababli töxtatildi.

Nasos stansiyalarining filtrlovçi barabanlari «ommaviy va kutilmagan» miqdordagi meduzalar bilan tölgani sababli uçta reaktor avtomatik ravişda töxtab qoldi. Bir neça soatdan söng yana bir reaktor qölda öçirildi.

Reuters manbasi ma’lum qilişiça, filtrlovçi nasoslarga zarar yetmagan - ularni şunçaki tozalaş kerak, şundan söng stansiya öz işini davom ettira oladi. Operator kompaniyaning ta’kidlaşiça, hodisa obekt, xodimlar va atrof-muhit uçun xavf tuğdirmagan.

Taxminlarga köra, hodisaning asl sababi iqlim inqirozi bölişi mumkin. Stansiyani sovitiş uçun suv Şimoliy dengizdan keladi. Suv harorati kötarilişi tufayli sönggi yillarda AES atrofidagi plyajlarda meduzalar soni köpayişi kuzatilmoqda.

Gravlin AES Fransiyadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir. Uning reaktorlarining umumiy quvvati 5460 megavattni taşkil etadi.