Rossiya Davlat Dumasiga fraksiyalararo qonun loyihasi kiritildi, unda çet elliklar uçun Rossiya maktablarida pulli ta’limni joriy etiş va rus tilini biliş böyiça bepul test sinovlaridan ötişga urinişlar sonini çeklaş taklif qilinmoqda.
Tuşuntiriş xatida ta’kidlanişiça, 2025 yilda Rossiya maktablarida migrant bolalar sonining köpayişi tufayli 900 mingdan ortiq örin yetişmayapti. Bundan taşqari, loyiha mualliflarining fikriga köra, migrantlarning bolalari rus tilini yetarli darajada bilmasligi «rusiyzabon bolalarni öqitiş jarayoni sekinlaşişiga olib kelgan».
«Qonun loyihasining qabul qilinişi öqituvçilarga qöşimça tölovlar uçun yönaltirilişi mumkin bölgan budjet mablağlarini tejaş, şuningdek, ta’lim jarayonining barça iştirokçilari uçun yanada qulay ta’lim muhitini yaratiş, çet elda rus tilini örganişga qiziqişni oşirişga yordam beradi», deyiladi hujjatda.
Avvalroq, Rossiya Ta’lim vazirligi migrantlarning farzandlarini pulli öqitiş ğoyasiga qarşi çiqqan, bunday taşabbus ta’lim huquqi kafolatlangan Rossiya Konstitutsiyasiga zid ekani aytilgan edi.












