Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 19-paketi ustida işlaydi. Bu haqda 11 avgust kuni Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat idorasi rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi, deb yozdi Reuters.
Şu bilan birga, u Rossiya öt oçişni töliq töxtatişga rozi bölmagunça Moskvaga yon bermaslikdan ogohlantirdi.
«Rossiya öt oçişni töliq va sözsiz töxtatişga rozi bölmagunça, biz heç qanday yon berişlarni muhokama qilmasligimiz kerak. Qadamlar ketma-ketligi muhim. Birinçisi - işonçli monitoring tizimi va qat’iy xavfsizlik kafolatlari bilan öt oçişni sözsiz töxtatiş va biz 19-sanksiyalar paketi ustida işlaymiz», dedi Kallas.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bostirib kirişni qoralaş maqsadida Rossiya va uning neftiga qarşi 18-sanksiyalar paketini qabul qildi. Çoralar Hindiston neftni qayta işlaş zavodiga qarşi sanksiyalarni öz içiga oldi, unda «Rosneft» 49,13 foiz aksiyalarga egalik qiladi. YeI Rossiya neftining Hindistonga eksporti bilan qöllab-quvvatlanadigan Kremlning energiya daromadlarini kamaytirişga intilmoqda.
Bundan taşqari, Bryussel Eron neft treyderi Husayn Şamxoniy va uning bir qança kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.











