Telegram foydalanuvçilari firibgarlik va şantaj haqida «yuzlab xabarlar» yubordi, dedi messenjer asosçisi Pavel Durov. Uning ta’kidlaşiça, uşbu materiallar asosida messenjer şaxsning roziligisiz uning şaxsiy ma’lumotlarini oşkor etgani va tovlamaçilik qilgani uçun köplab kanallarni bloklaydi.

Durovning sözlariga köra, faqat rad etib bölmas dalillar mavjudligi tufayli bunday kanallar faoliyatiga çek qöyiladi.

Telegram asosçisi uşbu messenjer «doksing va şantaj uçun joy emasligini» ta’kidlab, bunday kanallarni yurituvçilarni topişga va’da berdi.

2025 yil iyul oyida Durov Telegram platformasidagi tovlamaçilik sxemalari haqida ogohlantirgan edi. Jumladan, u foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlarini oşkor qiliş bilan qörqitib, buning uçun pul talab qiladigan firibgarlar paydo bölganini ta’kidladi.

Messenjer asosçisining sözlariga köra, ba’zi kanallar obrösizlantiruvçi postlarni joylaştiriş va ularni öçiriş uçun pul undiriş bilan şuğullangan. Durov bunday harakatlarni noqonuniy va axloqsiz deb atadi, foydalanuvçilarni şantaj holatlari haqida dalillarni ilova qilgan holda darhol xabar berişga çaqirdi.