Xorazm viloyatining Xiva şahrida 8-10 avgust kunlari an’anaviy «Qovun sayli» festivali ötkazildi.
«Içan-qal’a» tarixiy majmuasi va «Arda-Xiva» sayyohlik markazi hududida keng kölamli tadbirlar bölib ötdi. Mahalliy fermer xöjaliklari tomonidan qovunning köplab navlari va ularni yetiştiriş texnologiyalari namoyiş etildi.

Tumanlar va yirik korxonalar öz stendlarida qişloq xöjaligi mahsulotlari, tovar va xizmatlar körgazmasini taşkil qildi.

Festival mehmonlari degustatsiyadan taşqari, folklor jamoalarining çiqişlarini tomoşa qildi, milliy taomlarni tayyorlaş böyiça mahorat darslari va xalq öyinlarida iştirok etdi.
Festivalning faol iştirokçilari turli nominatsiyalar böyiça Xorazm viloyati hokimligi va homiylarning qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandi.
Taqdirlaş marosimidan söng mahalliy va xorijiy san’atkorlar iştirokida gala-konsert bölib ötdi.















