Ukraina xalqi öz kelajagini asosli ravişda belgilaş huquqiga ega bölişi kerak va mojaroning diplomatik yeçimi Ukraina va Yevropa manfaatlarini himoya qilişi kerak, deyiladi Yevropa Ittifoqining 26 ta davlati bayonotida. Faqat Vengriya bayonotga qöşilişdan boş tortdi va buni YeI vakillari Alyaskadagi sammitga çaqirilmagani bilan izohladi.

Yevropa davlatlari Trampning Rossiya-Ukraina mojarosini töxtatiş borasidagi sa’y-harakatlarini olqişladi, biroq «xalqaro çegaralarni kuç bilan özgartirib bölmasligini» ta’kidladi.

«Ukrainada tinçlikka erişiş yölini Ukraina iştirokisiz hal qilib bölmaydi. Konstruktiv muzokaralar faqat öt oçişni töxtatiş yoki jangovar harakatlarni qisqartiriş şaroitida olib borilişi mumkin», deyiladi hujjatda.

Yevropa Ittifoqi rahbarlarining ta’kidlaşiça, «Yevropa Ittifoqi AQŞ va boşqa yaqin hamkorlar bilan muvofiqlaştirilgan holda Ukrainani siyosiy, moliyaviy, iqtisodiy, gumanitar, harbiy va diplomatik qöllab-quvvatlaşda davom etadi», şuningdek, «Rossiya Federatsiyasiga qarşi çeklov çoralarini qöllab-quvvatlaş va joriy etişda davom etadi».

Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi va a’zo davlatlar Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlariga qöşimça hissa qöşişga tayyor.

«Yevropa Ittifoqi Ukrainaning öz taqdirini özi tanlaş huquqini ta’kidlaydi va Ukrainani Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş yölida qöllab-quvvatlaşda davom etadi», deyiladi bayonotda.

Hujjat oxirida «Vengriya bu bayonotga qöşilmagani» qayd etilgan.

15 avgust kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskada uçraşişi kutilmoqda.

Tramp bölajak muzokaralarni «sinov» deb atadi, ularning maqsadi Ukrainadagi mojaroni tugatiş, hal qilişning yakuniy bosqiçi esa Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy örtasidagi uçraşuvdir.