OpenAI kompaniyasi ChatGPT-5 ni taqdim etib, uni gallyutsinatsiyalardan himoyasi yaxşilangan, eng tezkor, aqlli va işonçli sun’iy intellekt deb atadi. Ammo aslida hali unday emasligi oydinlaşmoqda.

Modellarning xatolar çastotasi böyiça reytingini yurituvçi Vectara platformasi ma’lumotlariga köra, yangi sun’iy intellekt haqiqatan ham GPT-4 ga qaraganda yolğon faktlarni kamroq körsatadi (1,8 foizga nisbatan 1,4 foiz), ammo GPT-4o dan biroz oldinda (1,49 foiz).

Qiziği şundaki, ChatGPT-4.5 Preview yanada pastroq körsatkiçga ega – 1,2 foiz, eng kam xato o3-mini High Reasoning modelida – 0,79 foiz.

Yaxşilanişlarga qaramay, GPT-5 hali ham aniqlik böyiça 4.5 modelidan ortda qolmoqda, garçi u Gemini-2.5-pro (2,6 foiz) va Grok-4 (4,8 foiz) kabi raqobatçilardan ança oldinda bölsa ham.

GPT-5 işga tuşirilganida OpenAI Plus obunalaridan eski GPT-4, 4o va 4o-mini modellari ogohlantirişsiz olib taşlandi, bu esa mojaroga sabab böldi. Köplab foydalanuvçilar an’anaviy funksiyalarni yöqotganidan şikoyat qildi, ba’zilari esa buni «yagona döstni yöqotiş» deb baholadi.

Kompaniya rahbari Sem Altman eski versiyalarning auditoriya uçun ahamiyatini yetarliça baholamaganini tan oldi va obunaçilar uçun GPT-4o ni vaqtinça qaytarişga va’da berdi.