13 avgustdan boşlab Qozoğistonda Starlink kompaniyasining sun’iy yöldoş interneti rasman işga tuşdi. Bu haqda kompaniya ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.

Şuningdek, ma’lumotni Qozoğiston Raqamli rivojlaniş, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi ham tasdiqladi.

«2025 yil 13 avgustdan boşlab Starlink kompaniyasi Qozoğiston Respublikasi hududida sun’iy yöldoş interneti xizmatlarini taqdim etişni rasman boşlaydi. Buning natijasida mamlakat aholisi SpaceX kompaniyasiga tegişli Starlink past orbitali sun’iy yöldoşlari tarmoği orqali yuqori tezlikdagi va işonçli internetdan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi», deyiladi vazirlik xabarida.

12 iyun kuni vazirlik va Starlink kompaniyasi internet xizmatini körsatişda Qozoğiston qonunçiligiga rioya qiliş majburiyatini belgilovçi şartnomani imzolagan edi.

Ta’kidlaş joizki, Ilon Mask tomonidan asos solingan SpaceX tarkibiga kiruvçi Starlink kompaniyasi texnologiyasi hatto eng çekka va boriş qiyin bölgan hududlarda ham barqaror ulanişni ta’minlaydi.