AQŞ davlat kotibi Marko Rubio prezident Donald Trampning 15 avgust kuni Alyaskada Kreml rahbari Vladimir Putin bilan uçraşuvi pozitsiyalarni aniqlaşga uriniş ekanini tuşuntirdi.

Rubioning ta’kidlaşiça, Oq uy rahbarining Putin bilan avvalgi uç-tört telefon suhbati kutilgan natijani bermagan, şuning uçun Tramp Putin bilan şaxsan uçraşib, vaziyatni «odamning köziga qarab» baholaşni zarur deb hisoblaydi.

«Odamlar tuşunişi kerak - prezident Tramp uçun bu uçraşuv yon beriş emas», dedi Rubio.

Şuningdek, AQŞ davlat kotibi matbuotda Tramp bilan uçraşuv Putin uçun ğalaba bölgani va şu tariqa u izolyatsiyadan çiqqani haqidagi bayonotlarga ham munosabat bildirdi.

«Yiğiliş - bu pozitsiyalarni aniqlaş va qaror qabul qiliş uçun qiladigan iş. Men barça dalillarga ega bölişni istayman. Men bu yigitning köziga qaramoqçiman. Va bu prezident ham qilmoqçi bölgan narsa», dedi AQŞ davlat kotibi.

Rubioning fikriça, ular uçraşuv davomida bu yondaşuvning muvaffaqiyatga erişiş imkoniyati bor-yöqligini tezda tuşunib olişadi.