Neft. Sönggi haftalarda Brent markali neft narxining dinamikasi Donald Tramp bayonotlari hamda investorlarning Rossiya neftini xarid qiluvçi mamlakatlarga (eng avvalo Hindiston va Xitoyga) qarşi ikkilamçi sanksiyalar haqidagi qaraşlariga boğliq böldi. Iyul oxirida narxlar çöqqiga çiqib, barreliga 73 dollardan oşgan bölsa, ikki prezident sammiti haqidagi ma’lumotlar ortişi bilan vahima pasayib, narxlar tuşdi. 12 avgust kuni London birjasida Brent'ning barreli 66 dollargaça pasaydi.

Rossiya neftiga bosim kamayişi ehtimoli tufayli narxlar qisqa muddatda kötarilişi mumkin, lekin örta muddatda pasayiş xavfi ham bor, çunki ta’minot köpayadi.

Oltin. 8 avgust kuni oltin narxi tarixiy rekordni yangilab, unsiyasiga 3534,1 dollarga yetdi. Bunga sabab AQŞning 1 kg oğirlikdagi oltin quyma importiga boj joriy etişi böldi.

2025 yilda oltin narxi markaziy banklarning barqaror talabi va iqtisodiy noaniqlik tufayli jozibador bölib qolaveradi va unsiyasiga 3200–3300 dollar atrofida barqarorlaşişi prognoz qilinmoqda.

Valutalar. Rossiyaga nisbatan sanksiyalar yumşatilişi istiqbolida rublning mustahkamlanişi ehtimoli katta, ammo xorijga valuta çiqişi köpayişi mumkin. Bu esa rublni qisqa muddatga zaiflaştiradi.

Aksiyalar. Rossiyaga qarşi sanksiyalarni bekor qiliş oson bölmaydi, çunki köp sanksiyalar Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan. Ammo energetika hamda logistika tarmoqlaridagi xalqaro kompaniyalar aksiyalari kötarilişi mumkin.