Rossiya Ta’lim vazirligi maktab öqituvçilari uçun «jinoyat va huquqbuzarlik sodir etişga moyil bölgan voyaga yetmagan çet el fuqarolari bilan işlaşni taşkil etiş böyiça» uslubiy tavsiyalar çiqardi. Hujjat Sverdlovsk viloyati va boşqa ayrim hududlar Xalq ta’limi vazirligi saytida e’lon qilingan.
Pedagoglarga çet ellik bolalarning jinoyat va huquqbuzarliklarga moyilligini aniqlaş uçun ularning fikrlarini kuzatib boriş tavsiya etiladi. Uslubiy qöllanmada bunday moyillikni körsatadigan belgilar sanab ötilgan - masalan, madaniy şok, til tösiği, yomon özlaştiriş, oilaning qaşşoqligi va yomon maişiy şaroitlar.
Öqituvçilarga öquvçilarning «tarixiy xotiraga, an’anaviy rus qadriyatlariga, davlat ramzlariga bepisandlik bilan munosabatda böliş yoki oçiqdan-oçiq inkor etişidan dalolat beruvçi fikrlariga, şu jumladan yozma işlarga e’tibor qaratiş tavsiya etiladi.
Şuningdek, pedagoglar «siyosiy, ijtimoiy, diniy mavzulardagi suhbatlar sonining keskin köpayişiga, ular davomida keskin fikrlar bildirilib, milliy, diniy va siyosiy toqatsizlik belgilari namoyon bölişiga», şuningdek, «ösmirda diniy radikalizm, ekstremizm, jinoiy submadaniyat atributlari va ramzlari bölgan, kelib çiqiş mamlakatiga mansubligini yaqqol ta’kidlaydigan va boşqa millat va konfessiya vakillarini haqorat qiladigan kiyim va buyumlarning mavjudligiga» e’tibor qaratişi kerak.
Destruktiv xulq-atvorning oldini oliş uçun «Rossiya ma’naviy-axloqiy qadriyatlari bilan taniştirişga, Rossiya qonunçiligi asoslarini, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni, jamiyatda özini tutiş madaniyatini örganişga qaratilgan umumiy xarakterdagi tadbirlarni» ötkaziş tavsiya etiladi. Metodikada, şuningdek, ota-onalar bilan işlaş va «idoralararo hamkorlik», şu jumladan ijtimoiy xizmatlar, xavfsizlik kuçlari, tibbiyot muassasalari va migrantlar bilan işlaydigan nodavlat taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş böyiça maslahatlar mavjud.











