Özbekiston elçixonasi kömagida Saudiya Arabistonining Dammam şahrida oilaviy zöravonlik qurboni bölgan hamyurtimiz vatanga qaytarildi.
Özbekiston diplomatik missiyasidan olingan ma’lumotlarga köra, Dammam şahrida uzoq yillardan buyon istiqomat qilib kelgan va xorijlik turmuş örtoğining ğayriinsoniy tazyiqi ostida qolgan vatandoşimiz R.G. Özbekistonga qaytarişni sörab ariza bilan murojaat qilgan.
Özbekiston elçixonasi va Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vazirligi hamkorligida amalga oşirilgan işlar natijasida uning mamlakatdan çiqişi uçun viza rasmiylaştirildi.
Şundan söng, u "Dammam-Şarja-Toşkent" aviareysi bilan Özbekistonga kuzatib qöyildi.










