Jahonda savdo qoidalarining tez özgarişi yoki logistikadagi uzilişlar töxtamayotgani şaroitida töqimaçilik tarmoğini rivojlantirişga alohida yondaşuvlar zarurligi qayd etildi.
Şu munosabat bilan prezident Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi taşkil qilinişini e’lon qildi. Agentlik töqimaçilik, çarm va ipak sanoatiga mas’ul böladi.
Agentlikka investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinçi örinbosari Nozimjon Xolmurodov rahbarlik qiladi.
Agentlik qoşida tajribali tadbirkorlardan iborat kengaş taşkil qilinadi. Agentlikning alohida jamğarmasi böladi, davlat kömagi, şuningdek töqimaçilik korxonalariga arzon aylanma mablağ şu jamğarma orqali beriladi. Jamğarmaga 200 million dollar ajratiladi.
Yangi agentlikka kengaş bilan birgalikda tadbirkorlar bilan muloqot qilib, tannarx, işlab çiqariş va eksport böyiça yeçimlar işlab çiqiş, «bojxona hududida qayta işlaş» rejimi orqali tayyor mahsulot eksportini 2 barobarga oşiriş, kooperatsiyani kuçaytirib, past quvvatda işlayotgan korxonalarni soğlomlaştiriş çoralarini köriş topşirildi.
Xalqaro konsultantlar bilan birgalikda töqimaçilikni 2030 yilga qadar rivojlantiriş dasturini işlab çiqiş hamda çarm, ipak va gilamçilik sanoatini rivojlantiriş böyiça ham takliflarni kiritiş vazifasi qöyildi.
«Hokimlar, klasterlar va töqimaçilik korxonalari rahbarlari bir narsani bilişi kerak. Hozirgi şaroitda budjetga 1 söm qöşimça tuşum qiliş qança qiyin bölayotganini tuşungan tuşunadi. Bugun aytilgan qöllab-quvvatlaş çoralarini pulga çaqsa, 7 trillion söm böladi. Endi şunga yaraşa natija ham bölişi kerak», - dedi davlat rahbari.
Yiğilişda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat örnatiş topşirildi.











