Ötgan haftada Tramp 2021 yildan beri birinçi AQŞ-Rossiya sammitini ötkazişga rozi böldi va uning maxsus vakili Stiv Uitkoff Moskvadagi muzokaralarda «sezilarli yutuqlar»ga erişganini aytdi. Uitkoff Putin bilan 6 avgust kuni, Ukrainadagi yaraşuv böyiça Amerika ultimatumi tugaşiga bir neça kun qolganda uçraşgandi.
Juma kuni Tramp Alyaskaning eng yirik şahri – 300 mingga yaqin aholiga ega Ankorijda Putinni qabul qiladi.
AQŞ prezidenti bu uning Ukrainadagi uruşni töxtatiş borasidagi sa’y-harakatlari doirasida «sinov» uçraşuvi bölişini ta’kidlagan. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt bölajak sammitni «tinglaş qobiliyati maşqi» deb atagan.
Yevropadagilar uşbu uçraşuvda AQŞ va Rossiya rahbarlari jiddiy oqibatlarga olib keladigan qarorlar qabul qilişi va hatto Ukrainaga bosim ötkazib, uni noqulay şartlarga rozi bölişga majbur qilişidan xavotirda.
Reuters agentligi qayd etişiça, 13 avgust kuni bölib ötgan onlayn uçraşuvdan maqsad AQŞ prezidentini Kiyev manfaatlari evaziga sulh tuziş qançalik tavakkalçilik bölişi haqida ogohlantiriş edi.
Yevropa yetakçilari Trampning jahlini çiqarmaslikka harakat qilib, uning tinçlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşlarini bir neça bor ta’kidladi, şu bilan birga, Ukraina kelajagiga oid har qanday kelişuvlar faqat uning iştirokida muhokama qilinişi va tuzilişi kerakligini qayd etişdi.
Prezident Zelenskiy çorşanba kuni onlayn sammitda iştirok etiş uçun şaxsan Berlinga uçib keldi.
Sammitda Zelenskiydan taşqari Germaniya, Finlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polşa va Yevroittifoq yetakçilari, şuningdek, NATO boş kotibi Mark Ryutte iştirok etdi.
Özaro videokonferensiyadan söng, Yevropa yetakçilari va Zelenskiy Donald Tramp va AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens bilan alohida onlayn uçraşuv ötkazdi. Şundan söng Ukrainani qöllab-quvvatlaş rejalarini işlab çiqayotgan mamlakatlar guruhi – «köngillilar koalitsiyasi»ning onlayn yiğilişi bölib ötdi.

Onlayn-sammit qanday ötdi?
Yevropaliklar Tramp bilan suhbatga ijobiy munosabat bildirişdi.
«Ukrainada tinçlik örnatilişiga umid bor», – dedi sammit yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida Fridrix Mers.












