Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Serbiyada namoyişlar

Çorşanba kuni Serbiya poytaxti Belgrad, şimoldagi Novi Sad, janubdagi Nişa, markazdagi Kraguyevats va boşqa bir qança şaharlarda mamlakat prezidenti Aleksandr Vuçiçning muxoliflari uning tarafdorlari va politsiyaçilar bilan töqnaşdi.

Prezident partiyasining hududiy ofislari oldida töplangan tomonlar bir-birlarini muşaklar bilan öqqa tutgan, petardalar, toşlar va turli buyumlar uloqtirilgan, muştlaşuvga kirişişgan, politsiya esa ularni ajratişga harakat qilgan.

Prezident Vuçiç çorşanba kuni keçqurun Novi Sadda 64 nafar tarafdori jarohat olganini aytdi, şuningdek, «bosmaçilar va bezorilar»ga şafqat qilinmasligiga va’da berdi. Vuçiç Belgraddagi ştab-kvartira oldida töplangan partiyadoşlari qarşisiga çiqqan.

Serbiya politsiyasi boşliği Dragan Vasileviçning ma’lum qilişiça, mamlakat şimolidagi Vrbas şaharçasining özida yuz bergan töqnaşuvlarda 16 politsiyaçi va 50 nafar namoyişçi yaralangan.

Talabalar taşkilotlari boşçiligidagi serb muxolifati töqqiz oydan beri norozilik namoyişlarini ötkazmoqda. Namoyişlar ötgan yil 1 noyabr kuni Novi Sad vokzalida temir-beton soyabon qulab tuşgani va 16 kişi halok bölgani ortidan boşlangan.

Namoyişçilar uşbu fojiada aybdorlarni jazolaşni, korrupsiyaga qarşi kuraşni kuçaytirişni, şuningdek, navbatdan taşqari saylovlar e’lon qiliş talabini bildirmoqda.

Hozirça ular boş vazirning iste’fosiga erişgan, biroq prezident Vuçiç iste’foga çiqmoqçi emas.

Tramp jiddiy oqibatlar bilan tahdid qilmoqda

Agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskadagi uçraşuvdan keyin ham Ukraina bilan uruşni töxtatmasa, Rossiyani «jiddiy oqibatlar» kutmoqda. Bu haqda Tramp Vaşingtondagi Kennedi markazida sözlagan nutqida ma’lum qildi.

Trampdan agar Rossiya prezidenti 15 avgustdagi uçraşuvdan keyin uruşni töxtatmasa, Putin va Rossiya uçun qanday oqibatlar bölişi haqida söraşdi. «Ha, böladi. Juda oğir oqibatlar böladi», deb javob qaytargan Tramp.

Şu bilan birga, AQŞ yetakçisi Putin bilan uçraşuvi muvaffaqiyatli ötişiga u qadar işonmayapti. Rossiya prezidentini Ukrainadagi tinç aholini öqqa tutişni töxtatişga köndira olişingizga işonasizmi, degan savolga u şunday javob berdi: «Öylaymanki, yöq. Çunki men u bilan avval ham şuni gaplaşganman».