Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 avgust kuni mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Fransiyaning favqulodda va muxtor elçisi Oreliya Buşezni qabul qildi.

Davlat rahbari Fransiya elçisining samarali faoliyati hamda ikki davlat örtasida strategik şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş va mustahkamlaşga qöşgan şaxsiy hissasini alohida qayd etdi.

Bölib ötgan oliy darajadagi özaro taşriflar Özbekiston–Fransiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga xizmat qilgani ta’kidlandi.

Keyingi yillarda tovar ayirboşlaş 4 barobar köpaydi, Fransiyaning yetakçi kompaniya va taşkilotlari bilan umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod loyihalar amalga oşirilmoqda.

Ta’lim, soğliqni saqlaş va madaniy-gumanitar almaşinuv sohalarida muhim dasturlar amalga oşirilmoqda. Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida körgazmalar katta muvaffaqiyat bilan ötdi.

Parij şahri yaqinida Beruniy haykali oçildi. Fransiya poytaxtidagi köçaga Samarqand nomi berildi. Joriy yilda Toşkent şahrida Özbekiston–Fransiya universiteti öz işini boşlaydi.

Şavkat Mirziyoyev uçraşuv yakunida elçi Oreliya Buşezga Özbekiston va Fransiya örtasida döstlik va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan katta hissasi uçun “Döstlik” ordenini topşirdi.