Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakçilari bilan suhbat çoğida Alyaskada Vladimir Putin bilan böladigan uçraşuvda Ukraina hududlarini «taqsimlaş» masalasini muhokama qilmasligini aytdi, deb yozdi CNN va NBC News bir neçta manbalarga tayanib.
NBC News suhbatdoşlariga köra, Tramp uşbu uçraşuvdagi maqsadini «öt oçişni töxtatiş» deb atagan. AQŞ prezidenti Yevropa yetakçilari bilan suhbatda «öt oçişni töxtatiş» tinçlik muzokaralari boşlanişidan oldin amalga oşirilişi kerakligini tan olgan.
Biroq Yevropa davlatlarining ba’zi rahbarlari bu suhbatdan keyin «Tramp Putin bilan uçraşuvi natijalariga unçalik optimizm bildirmayapti, degan xulosaga kelgan», deb yozdi NBC News. CNN manbasining ta’kidlaşiça, «bu uçraşuvdan kutilayotgan natijalar yuqori emas».
6 avgust kuni Putin Kremlda Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uçraşdi. Uşbu uçraşuvda Rossiya prezidenti tinçlik kelişuvining öz şartlarini bayon qildi: Kiyev öt oçişni töxtatiş va hozirgi pozitsiyalarda front çiziğini muzlatiş evaziga Donbassdan voz keçadi. Keyinroq The Washington Post manbasi Putin Xerson va Zaporojiye viloyatlarining Rossiya tomonidan bosib olingan qismlaridan ham voz keçişga tayyor emasligini aytdi.
Zelenskiy Yevropa yetakçilari bilan birgalikda Tramp bilan suhbatlaşdi. Suhbatdan söng Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Tramp hududiy masalalarni faqat Ukraina iştirokida muhokama qilişga va’da berganini aytdi.











