Ozarboyjon 2024 yil dekabr oyida Qozoğistonda Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyotining qulaşini qasddan qilingan hujum deb hisoblamaydi, dedi prezident Ilhom Aliyev Fox News telekanaliga bergan intervyusida. Uning qöşimça qilişiça, Boku Rossiyadan aybni rasman tan oliş, aybdorlarni jazolaş va töliq tovon tölaşni talab qilmoqda.

2024 yil 25 dekabr kuni Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida Bokudan Grozniyga uçayotgan AZAL samolyoti halokatga uçradi. Halokat oqibatida samolyot bortida bölgan 67 kişidan 38 nafari halok böldi.

Aliyevning aytişiça, samolyot Grozniy şahri hududida taşqi ta’sir tufayli şikastlangan va bu boşqaruvni yöqotişga olib kelgan. Iyul oyida u Ozarboyjon halokat munosabati bilan Rossiyaga qarşi xalqaro sudlarga murojaat qiliş uçun hujjatlarni tayyorlayotganini aytgandi. Aliyev Boku muntazam ravişda Rossiya Tergov qömitasiga sörov yuborayotganini, biroq unga faqat «tergov davom etmoqda» degan javob kelayotganini ma’lum qildi. Uning fikriça, bunday pozitsiya «teskari natija beradi».

Azerbaijan Airlines samolyotining qulaşi va Rossiyaning sodir bölgan voqea uçun aybini tan olmasligi Moskva va Boku örtasida diplomatik janjal va sovuqlikka olib kelgan.