Tramp Putinni Alyaskaning eng yirik şahri – 300 mingga yaqin aholi istiqomat qiluvçi Ankorijdagi Elmendorf-Riçardson harbiy bazasida qabul qiladi.

Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov bir kun avval muzokaralar mahalliy vaqt bilan 15 avgust kuni 11:30 da (Toşkent vaqti bilan 16 avgustga ötar keçasi) boşlanişi rejalaştirilganini aytgandi: dastlab Putin va Tramp yuzma-yuz uçraşadi, keyin esa delegatsiyalar iştirokida «beşga beş» formulasi böyiça uçraşuv ötkaziladi.

Rossiya delegatsiyasi tarkibidan Uşakov, taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov, mudofaa vaziri Andrey Belousov, moliya vaziri Anton Siluanov hamda prezidentning maxsus vakili Kirill Dmitriyev örin olgan.

Istanbuldagi uçraşuvlarda Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Vladimir Medinskiy esa muzokaraçilar orasida yöq.

Amerika delegatsiyasi tarkibi ham ma’lum: Tramp bilan Alyaskaga quyidagilar yöl oladi: davlat kotibi Marko Rubio, maxsus vakil Stiven Uitkoff, savdo vaziri Hovard Lyutnik, Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff hamda moliya vaziri Skott Bessent.

Tramp va Putin uçraşuv boşlanişidan oldin jurnalistlar qarşisida köriniş berişi, keyin esa muzokaralar yakunlari böyiça qöşma konferensiya ötkazişi kutilmoqda.

Foto: Hasan Akbas/Anadolu via Getty Images

Qanday takliflar bölişi mumkin?

2021 yildan beri birinçi marta AQŞ-Rossiya oliy darajadagi sammitini ötkaziş töğrisidagi kelişuv ötgan hafta AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning Vladimir Putin bilan uçraşuvi natijasi böldi.

Uitkoff Moskvaga 6 avgustda uçib kelgan, 8 avgustda esa AQŞ prezidenti iyul oyi oxirida e’lon qilgan ultimatum muddati tugaşi kerak edi. Öşanda Tramp Putin bilan bir qator samarasiz telefon suhbatlaridan söng Rossiya yetakçisidan hafsalasi pir bölganini va unga haqiqatan ham tinçlik istayotganini körsatiş uçun 10 kun vaqt berişini aytgandi.

Aks holda, Tramp AQŞ Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar joriy etişi, şuningdek, uning savdo hamkorlariga qarşi «juda oğir tariflar» qöllaşi bilan tahdid qildi.