Kreml va Oq uy Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning Alyaskadagi sammiti yakunlari böyiça heç qanday hujjat tayyorlaşni rejalaştirmayapti, dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«[Hujjat] kutilmayapti, heç narsa tayyorlanmagan. Bu yerda qandaydir hujjat bölişi ham dargumon», dedi u jurnalistning savoliga javoban.
Uning sözlariga köra, Putin va Tramp erişişga muvaffaq böladigan kelişuvlar va anglaşuvlar doirasini belgilab oladi.
Ikki prezidentning şaxsiy uçraşuvi haqida 8 avgust kuni ma’lum böldi, Tramp uni AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Vladimir Putinning Moskvadagi uçraşuvidan keyin ötkaziş niyatida ekanini ma’lum qildi.
Uçraşuv Alyaskaning eng yirik şahri Ankorijda bölib ötadi va 16 avgust kuni Toşkent vaqti bilan taxminan 00:30 da boşlanişi kutilmoqda. Muzokaralarning markaziy mavzusi Ukrainadagi mojaroni hal qiliş böladi.











