Dunyoning turli davlatlaridan aql markazlari ekspertlari Toşkentda yiğildi. Ular Markaziy Osiyoda integratsiya va xavfsizlik aloqalarini muhokama qilmoqda. Kun.uz ekspertlardan Alyaskada bölib ötuvçi Tramp-Putin uçraşuvidan nima kutayotgani haqida ham söradi. Köpçilik bu muzokara uruşni töxtatişiga işonmaydi. Ular özlari kelişib olişsin, deydi Özbekiston sobiq taşqi işlar vaziri Vladimir Norov.

Mintaqa davlatlaridan taşqari, AQŞ, Buyuk Britaniya, Şveytsariya, Ozarboyjondan kelgan aql markazlari vakillari fikriça, Markaziy Osiyoni taşqaridan böluvçi tahdidlardan – faqatgina birlaşuv qutqaradi.

“Ukrainada uruş boşlanganidan va Rossiyaga qarşi misli körilmagan sanksiyalar qöllanganidan beri Ğarbdagi davlatlar, xususan Yevropa va AQŞ Xitoydan Markaziy Osiyo, Kaspiy dengizi va Kavkaz orqali Yevropaga yuk taşiş yöllariga köproq qiziqiş bildirmoqda. Bu Ğarbning Markaziy Osiyoga bölgan qiziqişini butunlay özgartirib yubordi”, deydi şveysariyalik ekspert Frans Marti.

Oxirgi yillarda Markaziy Osiyo+ formatlari köpaydi, deyarli barça gigant davlatlar bilan mintaqa öz dialogiga ega. Özbekiston sobiq taşqi işlar vaziri Vladimir Norovga köra, mintaqa davlatlari bunday kuçlar bilan gaplaşişga kiçkinalik qiladi va umumiy gaplaşgan ma’qulroq. Biroq taniqli diplomat Alyaskada ötuvçi Tramp-Putin uçraşuvi haqida gapirişni istamadi.

Siyosatşunos Farhod Tolipovga köra, prezident Trampning Putin bilan körişişga bu qadar oşiqişi, uni hattoki Amerika hududida qabul qilişi – juda hayratlanarli.

Şveytsariyadan kelgan ekspert Frans Martining aytişiça, Ukraina bölmagan bunday uçraşuvlarni tan olib bölmaydi.

“Bu uçraşuvda Ukrainadagi uruşni tugatiş mumkinligiga işonmayman, çunki ukrainaliklar muzokarada iştirok etmayapti va ular özlari qatnaşmagan qarorlarni qabul qilmasliklarini aytişgan. Bu töğri yönalişdagi qadam bölişi mumkin, lekin menimça, bu uçraşuv natijalariga real qaraş va u hamma muammolarni bir uçraşuvda, bir kunda hal qilib böladi, deb öylamaslik kerak”, deydi u.

Rossiyalik professor tadqiqotçi Yana Leksyutinaga köra, Markaziy Osiyo+ formatlarining taqdiri katta davlatlar pozitsiyalariga ham boğliq böladi.

“Formatning öziga kelsak, menimça, u muhim va muvaffaqiyatli. Katta ehtimol bilan, u jadal rivojlanadi, lekin, albatta, bu formatlarni rivojlantirayotgan aniq taşqi iştirokçilarning pozitsiyasiga köp narsa boğliq böladi”, deydi Yana Leksyutina.

Fursatdan foydalanib, rus ekspertidan Tramp-Putinning Alyaskadagi uçraşuvi haqida ham söradik.

— Yana xonim, siz bu uçraşuvdan nimalar kutyapsiz?

— Agar biz hozir sodir bölayotgan va ertaga sodir böladigan voqealarni baholaşga harakat qilsak, birinçi navbatda, bunday uçraşuvning ahamiyatini tuşunişimiz kerak. Bu, birinçidan, Rossiya va Amerika Qöşma Ştatlari prezidentlarining şaxsan uçraşuvidir. Bunday uçraşuvlar ança vaqtdan beri ötkazilmayotgan edi. Nazarimda, şaxsan uçraşuv ötkazilişi faktining özi va muzokaralar jarayoni davom etayotgani muhim. Muzokaralar jarayoni boşlangan, bir neça raund ötdi. Albatta, ertaga yoki undan keyin köradiganimizdek, yuqori darajadagi bevosita natijalarni kutmasa ham böladi. Ammo jarayon davom etayotgani muhim va biz uning davom etib, kutilgan natijaga olib kelişiga umid qilamiz, dedi rossiyalik ekspert.

Şohrux Majidzoda tayyorladi.