Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Rossiya böylab dronlar hujumi

14 avgust tongida Rostov-Don şahri markazidagi köp qavatli uyga uçuvçisiz uçar qurilma kelib urilgan. Rostov oblasti gubernatori vazifasini bajaruvçi Yuriy Slyusarning sözlariga köra, hujum natijasida 13 kişi jarohatlangan, şundan ikki nafari bolalar. Yaralanganlarning olti nafari şifoxonaga yotqizilgan, kamida ikki nafari oğir ahvolda.

Telman va Lermontov köçalari hududidagi 10 ta uyga zarar yetgan – ularning oynalari singan va balkonlari şikastlangan. Telegram-kanallarda kamida bitta uyning tomi qisman şikastlangani aks etgan fotosuratlar e’lon qilindi. Uylardan 212 kişi evakuatsiya qilindi.

Ukraina qurolli kuçlari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug ştabini nişonga olgan, ammo dron şahar markazi ustida yönalişini keskin özgartirgan, bunga katta ehtimol bilan radioelektron kuraş vositalari işga tuşgani sabab bölgan.

Belgorod şahri esa qatorasiga ikkinçi kun zarbalar ostida qoldi. Gubernator Vyaçeslav Gladkovning xabar berişiça, kun davomida tört marta dronlar oblast ma’muriyati binosiga uçib kelgan.

Şu kuni şahar ustida köplab dronlar uçib yurgan, harbiylar şahar markaziga olib boruvçi yöllarni tösib qöygan. Tarmoqlarda yölda harakatlanayotgan avtomobilga dron urilgani, şuningdek, savdo markazlaridan biriga ketma-ket dronlar hujum uyuştirgani aks etgan kadrlar tarqalgan.

Şuningdek, Volgograd neftni qayta işlaş zavodiga dronlar orqali zarba berilgan va hududda yonğin çiqqan.

Alyaska sammiti arafasi

Bu vaqtda Rossiya–Ukraina uruşini tinç yöl bilan hal qiliş yölida navbatdagi bosqiç – Alyaskada ötadigan AQŞ–Rossiya sammitiga tayyorgarlik körilmoqda. Ayni vaqtda muzokaralar ötadigan Ankorij şahriga Rossiyadan ilk samolyot kelib qöngan. Moskvadagi Vnukovo aeroportidan uçgan Il-96 samolyoti bortida katta ehtimol bilan Putin va Tramp uçraşuviga tayyorgarlik köriş bilan şuğullanuvçi «guruhlardan birining vakillari» bölgan.

Uçraşuv Ankorijdagi Elmendorf-Riçardson harbiy bazasida mahalliy vaqt bilan 15 avgust kuni soat 11:30 da, Toşkent vaqti bilan 16 avgustga ötar keçasi boşlanadi.