Turkiya mudofaa böyiça imzolangan kelişuv doirasida Suriyaga qurol-yaroğ, harbiy jihozlar yetkazib beradi, hamda moddiy-texnik jihatdan qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligi vakili ma’lum qildi.
Uşbu bayonot Turkiya va Suriya mudofaa vazirlari Yasar Gyuler va Murxaf Abu Kasra harbiy tayyorgarlik böyiça memorandum imzolaganidan bir kun ötib e’lon qilindi.
Ötgan oyda Damaşq öz mudofaa salohiyatini mustahkamlaşda yordam sörab Anqaraga murojaat qilgandi.
Turkiya mudofaa vazirligi vakilining sözlariga köra, Turkiya kelişuv doirasida “öz bilim va tajribalari” bilan örtoqlaşadi hamda Suriya mudofaa salohiyatini kuçaytiriş uçun qurol-yaroğ hamda harbiy jihozlar yetkazib beradi.










