“Halal Auto Leasing Kompany” işining ajratilgan qismi sudga yuborildi. Sud işlari jadvaliga köra, uşbu jinoyat işi böyiça dastlabki sud majlisi 18 avgust kuni sudya Hasan Oçilov raisligida JIB Şayxontohur tuman sudida bölib ötadi.
Kun.uz tanişgan tergov hujjatlarida keltirilişiça, Suxrob Davronov tanişlari Olimjon Mamajonov, Ixtiyor Yöldoşev, Murod Sultonov, Uluğbek Yöldoşev, Xizibek Tojiboyev va boşqalar bilan til biriktirib, “Halal Auto Leasing Kompany” hamda “Halal Auto Leasing Group” MÇJlarni taşkil etgan. Şuningdek, ular “World Viza Agency” MÇJni taşkil qilib, Finlandiya va Daniya davlatlariga işga ketmoqçi bölgan fuqarolarga işçi viza rasmiylaştirib beriş töğrisida faoliyatini tarğib qilgan. Mijozlar bilan dastlab “avans tölovi töğrisida” şartnomalarini tuzib, 120 kun mobaynida maşinalar yetkaziş, şuningdek, işçi viza rasmiylaştirib berişni va’da qilgan hamda şartnoma şartlarini bajarmasdan, fuqarolar manfaatlariga juda köp miqdorda moddiy zarar yetkazgan.
Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “World Viza Agency”, “Halal Auto Leasing Kompany” va “Halal Auto Leasing Group” MÇJlarning mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida “World Viza Agency” MÇJdan 577 nafar, “Halal Auto Leasing Kompany” va “Halal Auto Leasing Group” MÇJlardan 110 nafar fuqaro jabrlangani aniqlangan. Tergov davomida Olimjon Mamajonov, Ixtiyor Yöldoşev, Murod Sultonov, Uluğbek Yöldoşev va Xizibek Tojiboyevga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Jabrlanuvçilarga nisbatan 7,3 mlrd söm miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan va uşbu pullarning bir qismi tergov organi sa’y-harakati bilan qoplanişiga erişilgan.
Jinoyat işining ajratilgan qismi sud muhokamasiga yuborilgan. Hozirda tergovdan yaşirinib yurgan Farrux Abulov, Faxriyor Soliyev va Uluğbek Hasanovga qidiruv e’lon qilingan va sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.



Uşbu şaxslarning joylaşuvlari töğrisida biror bir ma’lumotga ega bölgan fuqarolardan 102 yoki Tergov departamentining











