Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Natijasiz sammit

Alyaskadagi Elmendorf-Riçardson harbiy bazasida Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp örtasida uçraşuv bölib ötdi. Bu Putinning 2015 yildan beri Qöşma Ştatlarga birinçi taşrifi böldi, u va Tramp oxirgi marta 2019 yilda uçraşgandi, Ukrainaga bosqin boşlanganidan keyin u AQŞ rahbari bilan uçraşmagandi, uning oldingi prezident Jo Bayden bilan uçraşuvi 2021 yil yozida bölgandi.

Uçraşuv ikki yarim soatdan köproq davom etdi. Dastlab prezidentlar tarjimonlar iştirokida yuzma-yuz gaplaşişi taxmin qilingandi, biroq muzokaralar boşlanişidan biroz oldin format özgartirildi – Putin va Tramp bilan birga muzokaralarda taşqi siyosat idoralari rahbarlari Marko Rubio va Sergey Lavrov, şuningdek, AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov iştirok etadigan böldi.

Körinişidan heç qanday jiddiy kelişuvlarga erişilmagan. Muzokaralardan söng Putin va Tramp jurnalistlar qarşisiga çiqib, öz bayonotlarini öqib berişdi – RF prezidenti sakkiz daqiqaga yaqin, AQŞ prezidenti tört daqiqadan kamroq gapirdi.

Putin Trampga mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirdi, Ukrainadagi «mojaro sabablarini bartaraf etiş» zarurligi haqidagi bayonotlarini takrorladi va agar 2022 yilda AQŞda prezident Tramp bölganida, uruş boşlanmagan bölişini aytdi.

Tramp esa «hali kelişuvlar yöqligi», biroq tomonlar «sezilarli taraqqiyotga erişgani»ni qayd etdi va Putin uruşni yakunlamoqçi ekaniga yana bir bor işonç bildirdi. AQŞ prezidenti Putin bilan tez orada yana körişişga umid qilayotganini bildirdi, Rossiya prezidenti esa ingliz tilida «Next time in Moscow?» deb söradi. Şundan söng prezidentlar jurnalistlarning savollariga javob bermasdan zalni tark etişdi.

Sammit dasturi qisqartirildi. Dastlab prezidentlar uçraşuvidan söng kengaytirilgan formatda beş kişilik tuşlik ötkazilişi kerak edi, biroq u bekor qilindi. Putin matbuot anjumanidan söng darhol Elmendorf-Riçardson bazasida dafn etilgan sovet uçuvçilari qabriga gul qöyiş uçun bordi, şuningdek, Sitkin va Alyaska arxiyepiskopi Aleksey bilan uçraşdi. Köp ötmay uning samolyoti Rossiyaga qaytib uçib ketdi.

Malida Fransiya fuqarosi uşlandi