Amerika prezidenti Donald Tramp Alyaskadagi sammit yakunlari böyiça yana bir yoki ikkita muhim masala körib çiqilişi kerakligini aytdi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Va biz köplab masalalar böyiça kelişuvga erişdik. Aytmoqçimanki, köplab bandlar kelişib olindi. Ular unçalik köp emas. Bilasizmi, bir-ikkita juda muhim bandlar bor. Lekin öylaşimça, ularga erişiş mumkin», dedi Tramp.

Biroq gap aynan qanday masalalar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi. Uning sözlariga köra, «endi hamma narsa Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga boğliq».

Tramp Alyaskadagi Elmendorf-Riçardson harbiy bazasida bölib ötgan Rossiya delegatsiyasi bilan uç soatlik sammitdan söng intervyu berdi. Fox News telekanali bilan suhbatda prezident bölib ötgan uçraşuvni 10 balldan 10 ballga baholadi.

Muzokaralardan söng ötkazilgan matbuot anjumanida Tramp tomonlar köplab masalalar böyiça kelişuvga erişganini, biroq sammit yakunlari böyiça kelişuvga erişilmaganini aytdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin muzokaralarni ijobiy baholadi va Ukrainadagi mojaroni imkon qadar tezroq yakunlaş niyatida ekanini ma’lum qildi.

Sammitda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov, prezident yordamçisi Yuriy Uşakov, davlat kotibi Marko Rubio va maxsus vakil Stiv Uitkoff ham iştirok etdi.