Janubiy Koreyada it göşti yetiştiruvçi fermalarning köpçiligi yopildi. Bu mamlakatda bir yil avval maxsus qonun qabul qilinganidan keyin sodir böldi, deb yozdi Yonhap.

Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lumotlariga köra, qonun kuçga kirgan 2024 yil avgust oyidan buyon mamlakatdagi it göşti yetiştiriladigan 1537 ta fermaning 1072 tasi (70 foizi) yopilgan. Yopilgan fermalarda 346 ming boş it bölgan, bu mamlakatda göşt uçun boqilgan 468 ming boş itning 74 foizini taşkil etadi.

Vazirlik 2025 yil oxirigaça bunday fermer xöjaliklarining 75 foizdan ortiği yopilişini başorat qilmoqda. Vazirlik vakili bu kutilganidan yuqori körsatkiçni jamoatçilikning it göştini iste’mol qilişni taqiqlaş «avlodimizning burçi» ekanligini tuşunişi va hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar bilan boğladi.

Maxsus qonun itlarni köpaytiriş, söyiş, tarqatiş va göşt uçun sotişni taqiqlaydi. Şuningdek, uşbu sohadagi odamlarga kasbini özgartiriş uçun subsidiyalar beradi.

2027 yildan boşlab, uç yillik ötiş davridan keyin, qonunni buzganlar ikki yilgaça qamoq yoki 30 million von (taxminan 21 ming dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.

Eslatib ötamiz, 2024 yilda Janubiy Koreya Milliy assambleyasi it göştini iste’mol qilişni taqiqlovçi maxsus qonun qabul qilgan edi. Şunda mamlakat aholisining 90 foizi it göşti iste’mol qilinişiga qarşi ekanini ma’lum qilgan.