Jizzaxda öqituvçilikka işga kirmoqçi bölgan şaxsdan pora talab qilgan mas’ul qölga olindi.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga köra, Zarbdor tumanida yaşovçi fuqaro Jizzax şahridagi 16-sonli örta umumta’lim maktabiga iş qidirib borganida maktab mas’ullaridan biri unga böş iş örni borligini, ammo buning uçun pora berişi zarurligini aytgan.
Maktab rahbarlaridan biri ikki nafar öqituvçini işga oliş uçun talab qilgan 16 million sömidan avvaliga 5 million sömni olgan. Şundan söng, uşbu şaxs talab qilingan summaning 11 million sömini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.










