Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Tramp bilan suhbati «haqiqatan ham juda ijobiy bölganini va bu haqda ikki prezident aytganini» ta’kidladi.

«Bu kelişuv variantlarini izlaş yölida birgalikda işonç bilan harakat qiliş imkonini beradigan suhbatdir», deb qöşimça qildi Kreml vakili.

Nega prezidentlar matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob bermagani haqida gapirar ekan, Peskov «bayonotlar batafsil bölganini» aytdi.

«Şuning uçun yakuniy matbuot anjumanida jurnalistlarning savollaridan voz keçişga qaror qilindi», deb qöşimça qildi u.

Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev Putin va Tramp örtasidagi uçraşuv yakunlari böyiça «ijobiy va konstruktiv muloqot bölib ötganini» aytdi.

Şuningdek, u AQŞ prezidenti «Moskva va Vaşington örtasida iqtisodiy sohada katta salohiyat borligini» ta’kidlagani muhimligini ma’lum qildi.

Tramp va Putin 15 avgust kuni Alyaskada uçraşdi, yakunda heç qanday kelişuv bölmadi. AQŞ va Rossiya prezidentlari Ankorijdagi harbiy bazada muzokara olib bordi. Muzokaralardan söng, Putin va Tramp matbuot vakillari oldiga çiqib, öz bayonotlarini öqib eşittirdi. Şundan söng prezidentlar jurnalistlarning savollariga javob bermasdan zalni tark etdi.