Navoiy şahridagi 1-son ixtisoslaştirilgan maktab-internati bitiruvçilari 100 foizlik natija bilan oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, yakunlangan öquv yilida maktab-internatini 60 nafar öquvçi bitirgan. Ularning barçasi test sinovlaridan yuqori natijalarga erişib, turli davlat oliy ta’lim muassasalari talabasiga aylangan. Bitiruvçilarning 42 nafari davlat granti asosida, 18 nafari esa kontrakt asosida öqişga qabul qilingan.
“Biz öquv yili boşidayoq uşbu marrani közlagandik va buni uddaladik. Öquvçilarimning har biri men uçun qahramon”, degan maktab-internati direktori Odil Norov.
Boşqarma ma’lumotiga köra, joriy yilgi test sinovlarida Navoiy şahridan 34 nafar maktab bitiruvçisi 189 ball töplab, 100 foizlik natijaga erişgan.











