Transport vazirligi xabariga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, ikki davlatning tayinlangan tashuvchilariga Olmaota – Toshkent va Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishlarining har biri bo‘yicha haftasiga 42 tagacha reysni amalga oshirishga ruxsat berildi. Qolgan barcha yo‘nalishlarda haftasiga 7 tagacha reys bajarishga ruxsat etildi.

Tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi barcha kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirgan taqdirda, parvozlarning ruxsat etilgan chastotasi haftasiga 238 ta reysni tashkil etadi.
Shuningdek, tomonlar mamlakatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun belgilangan manzillar sonini ko‘paytirishga kelishib oldilar.






