2025 yil 16–17 avgust kunlari Qirğiziston poytaxti Bişkekda «Zakovat» intellektual öyini böyiça III Osiyo oçiq çempionati ötkaziladi. Uşbu yirik tadbirda Osiyoning kuçli jamoalari bir-birlari bilan bellaşadi.

«Zakovat» 24 yildan buyon dunyo böylab iştirokçilarga bilim oliş va rivojlanişga ilhom berib kelmoqda. Dastlab telekörsatuv sifatida namoyiş etilgan uşbu öyin bugungi kunda jahonning turli mamlakatlarida ötkaziladigan yirik intellektual harakatga aylangan. Har yili minglab iştirokçilar, şu jumladan, bir neçta xalqaro jamoalar bu öyinda iştirok etib, öz bilimlarini sinab köradi.

Ötgan yillarda «Zakovat» turnirlari AQŞ, Buyuk Britaniya, Malayziya, Qozoğiston va Tojikistonda ötkazilgan. Şuningdek, Toşkentning özida sönggi yillarda umumta’lim maktablari, örta maxsus va professional ta’lim muassasalari, oliy öquv yurtlari hamda havaskor jamoalar örtasida 29 mingdan ortiq öyin bölib ötdi.

Şu bilan birga, 2023 yilda Toşkentda 14 mamlakatdan 55 ta jamoa iştirok etgan I Osiyo oçiq çempionati ham muvaffaqiyatli ötkazildi. Qozoğistonda bölib ötgan ikkinçi turnir ham özining yuksak saviyasi hamda 14 davlatdan kelgan bilimdonlar bilan ajralib turdi.

Bişkekda ötkazilayotgan «Zakovat»ning navbatdagi III Osiyo oçiq çempionati nafaqat ilm-fan va ta’lim sohasidagi intellektual voqea, balki mamlakatlar örtasidagi döstlik va hamkorlikni yanada mustahkamlaş uçun ajoyib imkoniyat yaratadi. Çempionatda qatnaşuvçi jamoalar jami 6 turda 72 ta savolga javob topiş orqali öz bilim va salohiyatlarini namoyon qiladi. Tadbir, öz navbatida, nafaqat bilimni sinovdan ötkaziş, balki yangi avlodni bilim olişga, özini rivojlantirişga intilişga undaşga qaratilganligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.