AQŞ Senati va Vakillar palatasida, OAV xabarlariga köra, Qöşma Ştatlar va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning bölib ötgan uçraşuvi natijalari turliça baholandi.

Respublikaçi senator Liza Murkovski sammitga «ehtiyotkorona optimizm bilan» qaraşini aytdi.

«Men ma’lum bir yutuqlarga erişilganligi haqidagi signallarga ehtiyotkorona optimizm bilan qarayman. Şuningdek, ikkala prezident ham kelajakdagi uçraşuvlar haqida gapirganini eşitiş quvonarli böldi, umid qilamanki, ularda Ukraina ham böladi», deb yozdi Murkovski ijtimoiy tarmoqda.

Uning partiyadagi hamkasbi senator Keti Britt prezidentlar uçraşuvi natijalarini ma’qullab, uni «töğri yönalişdagi qadam» deb atadi.

«Fakt faktligiça qolmoqda, prezident Tramp ayni damda dunyoga kerak bölgan yetakçi va işonçim komilki, u bu mojaroga barham beriş uçun keçayu kunduz işlaşda davom etadi», deb yozdi Britt.

Senatdagi demokratik ozçilik yetakçisi Çak Şumer ijtimoiy tarmoqda Trampni «Ukraina va ittifoqçilarni qöllab-quvvatlaş örniga, Putin bilan yelkama-yelka turgani» uçun qoraladi.

Vakillar palatasi a’zosi, demokrat Gregori Miksning aytişiça, Tramp «Putinga bosim ötkazişi», uning harbiy maşinasiga qarşi keskin sanksiyalar kiritişi va Ukrainaga özini himoya qiliş uçun zarur vositalarni taqdim etişi kerak edi.