Toşkent şahar IIBB talabalar va ularning ota-onalariga muhim ogohlantiruv bilan çiqdi: boşqarma ularni “ijaraçi” firibgarlarga aldanib qolmaslikka çaqirmoqda.

Ma’lum qilinişiça, öquv yili boşlaniş arafasida respublikaning turli hududlaridan Toşkent şahriga kelayotgan talabalar va ularning yaqinlarini firibgarlar tomonidan aldaş holatlari köpaygan. Uşbu holatlar asosan internetga joylaştirilgan arzon ijara uylar e’lonlari orqali amalga oşirilmoqda.

“Firibgarlar özlariga tegişli bölmagan xonadonlarning suratlarini internetga joylaştirib, arzon narxda ijaraga beriş taklifini bildirişadi. Talabalar va ularning ota-onalari şunday narxlarni körib, uyni oliş maqsadida aloqaga çiqişadi. Firibgarlar esa uyni saqlab qöyiş yoki 2 oylik tölov kerak, deb oldindan pul talab qilişadi. Afsuski, tölov amalga oşirilganidan söng ular aloqani uzib, ijtimoiy tarmoqlarda bloklaydi. Oqibatda na uy, na pul qoladi”, deyiladi ogohlantiruvda.

Boşqarma firibgarlar tuzoğiga tuşib qolmaslik uçun qator tavsiyalar bergan. Xususan, heç qaçon uyni körmasdan turib, oldindan tölovni amalga oşirmaslikni, har qanday ijara şartnomasini uyni körgan holda egasi bilan şaxsan uçraşgaç tuzişni, şaxsiy ma’lumotlarni işonç hosil qilmagunça begona şaxslarga yubormaslikni söragan.