AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan uçraşuvdan söng Rossiya va uning savdo hamkorlariga qarşi yangi sanksiyalar joriy etişni hali rejalaştirmayotganini aytdi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rossiyaning öziga va Rossiya neftini sotib olgani uçun Xitoyga qarşi ikkilamçi sanksiyalar haqidagi savolga javob berar ekan, Tramp şunday dedi: «Bugun sodir bölgan voqealar tufayli, menimça, hozirça bu haqda öylamasligimiz kerak. Putin bilan uçraşuv yaxşi ötdi».
Şu bilan birga, AQŞ prezidenti «ikki-uç haftadan keyin» Xitoy böyiça qöşimça tariflar haqida öylaşga töğri kelişi mumkinligini ta’kidladi.
Tramp qaysi masalalarda Rossiya prezidenti bilan kelişmaganini aytmadi.
«Men bu haqda omma oldida gapirmaslikni afzal köraman. Öylaymanki, kimdir baribir buni ommaga e’lon qiladi», dedi siyosatçi.
Avvalroq, Bloomberg naşri AQŞ Putinni Ukraina bilan sulh tuzişga undaşga qaratilgan bir qator çoralar doirasida Rossiyaning «Rosneft» va «Lukoyl» neft kompaniyalariga qarşi sanksiyalar joriy etiş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida yozgan edi.
Ta’kidlanişiça, Rossiyaning ikki yirik neft kompaniyasiga qarşi sanksiyalar, agar Alyaskadagi sammit natija bermasa, Kremlning energiya taşuvçilardan oladigan daromadlarini qisqartirişga qaratilgan böladi.
Jurnalistlarning yozişiça, boşqa imkoniyatlar qatorida Moskvadagi neft tankerlarining maxfiy flotiga qöşimça çeklovlar va Rossiya neftini sotib oluvçilarga, jumladan, Xitoyga qöşimça bojlar joriy etiş ham bor.











