AQŞ va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin sammiti yakunlari böyiça heç qanday taraqqiyotga erişilmadi, deb hisoblamoqda Vladimir Zelenskiy atrofidagilar. Bu haqda Financial Times muxbiri Kristofer Miller Ukraina prezidentiga yaqin manbalarga tayanib xabar berdi.
Ukraina prezidentining ismi oşkor etilmagan yordamçisi Amerika tomoni hozirça Zelenskiy bilan aloqaga çiqmaganini aytdi va vaziyatni «juda ğalati» deb atadi. Ukraina yetakçisiga yaqin bölgan yana bir suhbatdoş Alyaskadagi uçraşuvni «ahamiyatsiz» deb ta’rifladi.
Trampning özi Putin bilan matbuot anjumanida sözga çiqib, tez orada Zelenskiyga, şuningdek, NATO vakillariga qönğiroq qilib, sammit natijalari haqida ma’lumot berişini aytdi.
«Tez orada NATO vakillariga qönğiroq qilaman. Men özim munosib deb bilgan bir qator odamlarga qönğiroq qilaman. Men, albatta, prezident Zelenskiyga qönğiroq qilib, bugungi uçraşuv haqida xabar beraman», dedi u.
Tramp va Putin 15 avgust kuni Alyaskada uçraşdi, yakunda heç qanday kelişuv bölmadi. AQŞ va Rossiya prezidentlari Ankorijdagi harbiy bazada muzokara olib bordi. Muzokaralardan söng, Putin va Tramp matbuot vakillari oldiga çiqib, öz bayonotlarini öqib eşittirdi. Şundan söng prezidentlar jurnalistlarning savollariga javob bermasdan zalni tark etdi.











