Hindiston va Pokistonda tinimsiz yomğirlar natijasida yuzaga kelgan suv toşqinlari oqibatida 200dan ortiq kişi qurbon böldi.  

Hindiston nazorati ostidagi Kaşmirda kamida 80 kişi halok bölgan va 80 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.  

Mahalliy şifoxonalarga kamida 50 kişi oğir jarohatlar bilan keltirilgan. Ularning aksariyati qutqaruvçilar tomonidan loy va vayronalar orasidan çiqarib olingan. 

Foto: AP 

Pokistonda oxirgi 24 soat içida 164 kişi halok böldi. Önlab odamlar turli darajada jarohatlangan.  

Qutqaruvçilar Mansexra tumanidan 1300 nafar sayyohni evakuatsiya qildi. Ma’lumotlarga köra, bu yerda kamida 35 kişi bedarak yöqolgan. 

Foto: AP 

Tabiiy ofatlarga qarşi kuraşiş milliy boşqarmasining ma’lumot berişiça, mamlakatda 26 iyundan buyon suv toşqinlari oqibatida 477 kişi qurbon bölgan. 

Meteorologlar kuçli yomğirlar davom etişini bildirişmoqda.