Serbiyaning bir neça şaharlarida şanba kuni keçqurun mamlakat prezidenti Aleksandr Vuçiçning iste’fosini talab qiluvçi namoyişçilar bilan politsiyaçilar örtasidagi töqnaşuvlar davom etdi. Valevo şahrida bir guruh namoyişçilar hukmron Serbiya taraqqiyparvar partiyasi ofisiga öt qöydi, politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz qöllagan, namoyişçilar muşakbozlik bilan javob qaytargan.
Serbiyaning bir neça şaharlarida, jumladan, poytaxt Belgrad va mamlakatning ikkinçi yirik şahri Novi Sadda töqnaşuvlar bölib ötdi.
Serbiya politsiyasi ma’lum qilişiça, yakşanbaga ötar keçasi politsiya mahkamalariga 56 kişi olib kelingan, şundan 16 nafari hibsga olingan. Olti nafar politsiyaçi yengil tan jarohati olgan.
Talabalar taşkilotlari boşçiligidagi serb muxolifati töqqiz oydan beri norozilik namoyişlari ötkazib kelmoqda. Bunday aksiyalar ötgan yil 1 noyabridan Novi Sad vokzalida temir-beton soyabon qulab tuşib, 16 kişi halok bölişi ortidan boşlangan.
Namoyişçilar uşbu fojiada aybdorlarni jazolaşni, korrupsiyaga qarşi kuraşni kuçaytirişni, şuningdek, navbatdan taşqari saylovlar e’lon qilişni talab qilmoqda.
Hozirça ular boş vazirning iste’fosiga erişdi, biroq prezident Vuçiç iste’foga çiqmoqçi emas.
Yakunlanayotgan hafta davomida namoyişçilarning hokimiyat bilan qarama-qarşiligi keskinlaşdi: Serbiya şaharlari köçalarida politsiya bilan töqnaşuvlar ketma-ket beş kundan beri davom etmoqda. Çorşanba kuni 27 politsiyaçi va mahalliy aholi vakillaridan 80 ga yaqini yaralangan, 47 kişi qölga olingan.
Politsiya şafqatsizligi böyiça ayblovlar
Endi namoyişçilarning noroziligi kuç tuzilmalarining şafqatsiz harakatlari bilan boğliq ayblovlarga ham sabab bölmoqda. Ma’lum qilinişiça, 14 avgustda Valevoda ötkazilgan norozilik namoyişida politsiya 25 yoşli mahalliy fuqaroni ayovsiz kaltaklagan. Şuningdek, Serbiyaning Beta axborot agentligi xabar berişiça, talabalar namoyişi vaqtida 15 va 17 yoşli bolalar hibsga olingan va kaltaklangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda politsiyaçilar namoyişçilarni tayoq bilan urayotgani aks etgan bir neça videoyozuvlar e’lon qilindi.











