AQŞ prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiy va Yevropa rahbarlariga 22 avgust kuni Putin va Zelenskiy bilan uç tomonlama uçraşuv ötkaziş niyatida ekanligini aytdi. Bu haqda Axios öz manbasiga tayanib xabar bermoqda.
"U sammitdan söng telefon orqali muloqotida Yevropa yetakçilariga kelasi juma kuni Putin va Zelenskiy bilan uç tomonlama uçraşuv taşkil etmoqçiligini aytdi", — degan manba.
18 avgust kuni Oq uyda Tramp Zelenskiy va YeI vakillari bilan uçraşuv ötkazişi rejalaştirilgan.
Tramp Putin bilan muzokaralardan söng, Fox News telekanaliga bergan intervyusida tomonlar “kelişuvga ança yaqin” ekanini aytgandi. Uning sözlariga köra, endi Ukraina bunga rozi bölişi kerak va hammasi “prezident Zelenskiyga boğliq”.











